Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashdi.
Saida Mirziyoyevaning yozishicha, muloqot davomida tashkilotga a’zo bo‘lish yo‘lida O‘zbekiston tomonidan ko‘rilayotgan amaliy qadamlar muhokama qilingan. Shuningdek, milliy qonunchilikni JST normalari va qoidalari bilan uyg‘unlashtirish borasida O‘zbekiston erishgan natijalar hamda boshqa ijobiy o‘zgarishlar qayd etilgan.
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Kecha Jahon savdo tashkiloti bo‘lim rahbari Maika Oshikava JST delegatsiyasining tashrifi va undan ko‘zlangan maqsad haqida Linkedin sahifasida yozib qoldirgan edi. Delegatsiya prezidentning JST masalalari bo‘yicha vakili Aziz Urunov bilan ishchi guruhning bo‘lajak 9-yig‘ilishi uchun hujjatlarni, jumladan, E-dWPR'ning yangilangan versiyasini, tasdiqlovchi hujjatlarni yakunlash bo‘yicha texnik ishlarni muhokama qilish va qo‘shimcha qonun hujjatlarini joriy etish masalalarini muhokama qilgan.
5 iyun kuni Jahon savdo tashkiloti, Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi ko‘magida o‘tkazilgan yuqori darajadagi konferensiya prezident yordamchisi O‘zbekistonning JSTga qo‘shilish yo‘lidagi shahdam qadamlari yana bir bor namoyon bo‘lganini qayd etdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?