31
Saida Mirziyoyeva: “O‘zbekiston o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini to‘la-to‘kis bajarishga bel bog‘lagan”
Foto: Saida Mirziyoyeva Telegram kanali
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva oiladagi zo‘ravonliklarga qarshi kurash bo‘yicha O‘zbekiston mintaqada yetakchiga aylanganidan faxrlanishini ma’lum qildi.
"Biz nufuzli xalqaro tashkilotlarning rahbarlari: JST Bosh kotibi Ngozi Okonjo-Iveala, BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi Ijrochi kotibi Tatyana Molchan, BMT Savdo va taraqqiyot konferensiyasi (UNCTAD) Bosh kotibi Rebeka Grinspan, JSST Bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus, Xalqaro mehnat tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Beate Andreyes bilan bir davrada muloqot o‘tkazdik. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlarni birgalikda muhokama qildik.
Foto: Saida Mirziyoyeva telegram kanali
Men oiladagi zo‘ravonliklarga qarshi kurash bo‘yicha mamlakatimiz mintaqada yetakchiga aylanganidan faxrlanaman.
Biz barcha uchun teng imkoniyatlar yaratishga intilib, xotin-qizlar huquqlarini yanada kengaytiryapmiz. Bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berilishi, ta’lim va ijtimoiy sohadagi islohotlar — O‘zbekiston o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini to‘la-to‘kis bajarishga bel bog‘lagan.
Foto: Saida Mirziyoyeva telegram kanali
Islohotlar va JSTga a’zolik yo‘lida O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun xalqaro hamjamiyatga minnatdorlik bildiraman", deb yozdi Saida Mirziyoyeva. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?