Yangi O‘zbekiston ko‘chasida haydovchi Cobalt avtomashinasini boshqarib ketayotgan vaqtda rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi temir to‘siqqa urilib aylanib ketgan.
Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Yangi O‘zbekiston ko‘chasida 16 sentyabr kuni soat 08:00 larda YTH sodir bo‘ldi. Mudhish hodisa aks etgan videoda haydovchi mashina ichidan otilib ketgani ko‘rinadi.
Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, haydovchi, 1991 yilda tug‘ilgan D.A. oq rangli Cobalt avtomashinasini boshqarib ketayotgan vaqtda rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi temir to‘siqqa urilib aylanib ketgan.
Natijada u o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, 1997 yilda tug‘ilgan A.D. boshqaruvidagi kulrang Cobalt'ga urilgan.
Hodisa oqibatida oq rangli Cobalt haydovchisi tan jarohati olgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?