Foto: Videodan kadr
Boysundagi «Mustaqillikning 25 yilligi» konida 17 sentyabr kuni navbatdagi ofat ro‘y bergan. Buni Kun.uz muxbirining savoliga javob bergan mas’ullar tasdiqladi.
Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i O‘ktam O‘tayevning so‘zlariga ko‘ra, hodisa natijasida ikki kishi halok bo‘lgan, shuningdek, jarohatlanganlar bor. Tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
«Haqiqatan, kecha siz aytgan o‘sha noxush holat bo‘yicha, 2 nafar odam halok bo‘lgani bo‘yicha, voqea joyiga viloyat prokurorining o‘zi chiqqan. Hozirda tergovoldi tekshiruv harakatlari olib borilmoqda», degan u.
Uning qo‘shimcha qilishicha, hozirda vaziyat natijasida vafot etganlardan tashqari jarohatlanganlar ham bor.
«O‘lim holati bo‘lgan. Ikki nafar shaxs o‘lgani to‘g‘risidagi holat bor. Yana tan jarohati olingan holatlar ham bor. Hozir tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda. Natijasi bo‘yicha sizlarga ma’lumot beriladi», dedi Bosh prokuratura xodimi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Sergey Lushchan: "Navbahor" futbolchilari "Neftchi"ga o‘tyapti? Balki..."