
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev 18 sentyabr kuni Rossiya hukumati raisining o‘rinbosari Vitaliy Savelev, Rossiya prezidenti maslahatchisi Igor Levitin va “Rossiyskiye jelezniye dorogi” kompaniyasi boshqaruvi raisi Oleg Belozyorovdan iborat delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv avvalida Rossiya delegatsiyasi a’zolari davlat rahbariga Rossiya prezidenti Vladimir Putinning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.
26-28 may kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Mintaqada samarali transport yo‘laklarini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar ko‘rishga alohida e’tibor qaratildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Transport sohasida sanoat kooperatsiyasi loyihalarini jadallashtirish, avtomobil, temiryo‘l va aviatsiya yo‘nalishlarida sheriklikni yanada kengaytirish, yuqori malakali muhandis kadrlar tayyorlash muhimligi qayd etildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar