Foto: Videodan kadr
Surxondaryo viloyati Angor tumanida muntazam mashina boshqarib yurgan 7-sinf o‘quvchisining (!) otasiga chora ko‘rildi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Angor tumani Zartepa mahallasida yashovchi fuqarolar mahalla hududidan o‘tgan yo‘lda yosh bolaning "Labo" rusumli kichik yuk mashinasini boshqarib yurganiga bir necha marta guvoh bo‘lishgan.
Shundan so‘ng ular mahallaga biriktirilgan YPX xodimlariga holat haqida xabar berib, ushbu huquqbuzarlikni bartaraf etishni so‘ragan.
Holat Angor tumani IIB YHXB xodimi tomonidan o‘rganilib, 7-sinf o‘quvchisi bo‘lgan bola mashina boshqarib ketayotganida to‘xtatilgan.
YHXB boladan mashinani kim berganini so‘raganda, 13 yoshli o‘quvchi Laboni otasi berganini aytgan.
Qayd etilishicha, holat bolaning otasi ishtirokida muhokama qilingan va unga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Jamshid Saidov: "Yosh bolalardek o‘ynadik, raqib bizni yanchib tashladi"