
Foto: Telegram/Saida Mirziyoyeva
O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva bugun, 27 sentyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari bosh vaziri o‘rinbosari, mudofaa vaziri, Dubay amirligi valiahdi Shayx Hamdan bin Muhammad bin Rashid Ol Maktum bilan samarali uchrashuv o‘tkazdi.

Qayd etilishicha, muloqot davomida turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlik masalalarining keng doirasi, shuningdek, ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilingan.

«Ishonamanki, Toshkentdagi yuqori darajali forum doirasida o‘tkazilgan bu uchrashuv O‘zbekiston bilan BAA o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.
 “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
   “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!    Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
 