
Gidrometeorologiya xizmati agentligi O‘zbekistonda 30 sentyabr – 2 oktyabr kunlari kutilayotgan ob-havo prognozini e’lon qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 30 sentyabrda kechasi 9-14°, kunduzi 20-25°, 1-2 oktyabrda kechasi 7-12°, kunduzi 22-27° bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 30 sentyabrda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 1-2 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 30 sentyabrda kechasi 10-15°, kunduzi 20-25°, 1 oktyabrda kechasi 7-12°, kunduzi 22-27°, 2 oktyabrda kechasi 10-15°, kunduzi 22-27° bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 30 sentyabrda va 2 oktyabrda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 1 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 30 sentyabrda kechasi 10-15°, kunduzi 20-25°, 1 oktyabrda kechasi 7-12°, kunduzi 22-27°, 2 oktyabrda kechasi 10-15°, kunduzi 22-27° bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 30 sentyabrda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 1-2 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 30 sentyabrda 20-25°, 1 oktyabrda 23-28°, 2 oktyabrda 25-30° bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 30 sentyabrda va 2 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 1 oktyabrda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 30 sentyabrda 20-25°, 1-2 oktyabrda 22-27° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 13-18° bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar