12:20 / 01.10.2024
7

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva barcha ta’lim xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva barcha ta’lim xodimlariga tabrik yo‘lladi
Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva 1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan barcha ta’lim xodimlarini tabrikladi.

Bugun o‘zgacha kun. Men har safar shu kuni hayajon va samimiyat bilan sizga minnatdorligimni izhor etaman.

Siz bo‘lajak qahramonlarni tarbiyalaysiz. Aynan siz sababli ijodkor, orzulari katta, har qanday to‘siqlarni yengishga qodir jamiyat shakllanadi. Mamlakat kelajagining asosi bo‘lmish bilimli, aqlli, iste’dodli o‘g‘il-qizlar, Vatanni sevadigan, jahonni zabt etishga tayyor yoshlar — sizning zahmatli faoliyatingiz samarasi.

Ishontirib aytamanki, mehnatingizni yengillatish, turmushingizni yanada farovon qilish hamda o‘qituvchi obro‘-nufuzini eng yuksak maqomga olib chiqish yo‘lida qo‘limizdan kelgan hamma ishni qilmoqdamiz. Siz shunga munosibsiz!

Teran zakovatingiz, cheksiz mehringiz dunyoni yaxshi tarafga o‘zgartirishda davom etsin. Bolalarimizga ilhom baxsh etish, ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlab, bilim cho‘qqilariga yetaklash mahorati uchun sizdan minnatdorman.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!
”, deb yozadi prezident yordamchisi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva barcha ta’lim xodimlariga tabrik yo‘lladi
ePN