Foto: "Dunyo" AA
O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriyaning Spectrum kompaniyasi direktori Jozef Kovach bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda Spectrum kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalar portfelini kengaytirish va joriy oktyabr oyida Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston-Vengriya biznes-forumiga tayyorgarlikning borishi bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.
Jozef Kovachning aytishicha, hozirda ushbu kompaniya O‘zbekistonga yangi turdagi bankomat uskunalarini yetkazib berish bo‘yicha loyiha ustida ish olib borilmoqda. "12-15 oktyabr kunlari AQSHda NSR kompaniyasining yangi mahsulotlarning taqdimoti bo‘lib o‘tadi va bu kabi yangi innovatsion imkoniyatlarni birinchilardan bo‘lib O‘zbekistonda tatbiq etish rejalashtirilgan", dedi u.
U, shuningdek, O‘zbekistonda "Kartoshkachilik markazi"ni tashkil etish bo‘yicha ishlar qizg‘in kechayotganini bildirdi. Qayd etilishicha, kompaniya mutaxassislari tajriba tariqasida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida Vengriya kartoshka navlarini ekib, tadqiqot natijalarini kutmoqda. Shuningdek, Spectrum kompaniyasi rahbari yangi yo‘nalishlardan biri bo‘lgan baliqchilik sohasida ham hududlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirishga qiziqish bildirdi.
Tomonlar joriy oktyabr oyida Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan biznes-forumga Budapesht Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda Vengriyaning yetakchi tadbirkorlarini jalb qilish va tadbirni yuqori darajada o‘tkazishga barcha kuch hamda imkoniyatlarni safarbar etishga kelishib oldilar. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Kreml AQSHning Rossiyaga ATACMS zarbalari haqidagi qaroriga qanday munosabat bildirdi?
Isroilga qurol sotishni to‘xtatish AQSH Senatida ko‘rib chiqiladi