Britaniyaning nufuzli xususiy maktabi vakillari O‘zbekistonga keladi

Jamiyat1 daqiqa o'qish128
Britaniyaning nufuzli xususiy maktabi vakillari O‘zbekistonga keladi
Foto: aislharrow.com
Mamlakat elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vakillari va Britaniyaning Harrow School'ning Osiyodagi xalqaro maktablari – AISL Harrow Schools loyihalar bo‘yicha direktori Deyzi Xo o‘rtasida onlayn muzokaralar tashkil etildi.

Deyzi Xo o‘z navbatida, Harrow School'ning Osiyodagi xalqaro maktablari haqida batafsil ma’lumot berdi va AISL Harrow Schools'ning O‘zbekistonda o‘z maktabini ochishga qiziqishini tasdiqladi.

Muzokaralar yakunida shu yilning 15-17 oktyabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladigan Markaziy Osiyo ta’lim forumida AISL Harrow Schools vakillarining ishtirokini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

1572 yilda Britaniya qirolichasi Yelizaveta I tomonidan tashkil etilgan Harrow maktabi Iton kolleji kabi mamlakatdagi o‘quvchilarni dunyoning yetakchi oliygohlariga tayyorlab beradigan eng nufuzli bilim dargohi hisoblanadi. Maktab bitiruvchilari kelajakda o‘z sohalarining yuqori professionallari bo‘lib yetishishlari barobarida, yuqori lavozimlarni egallab kelmoqda. Ular orasida Britaniyaning bir qator sobiq bosh vazirlari, shu jumladan Uinston Cherchill, Hindiston sobiq bosh vaziri Javaxarlal Neru, Qatar amiri Tamim bin Hamad Ol Soniy va boshqalar bor.

AISL Harrow Schools 1998 yilda tashkil etilgan bo‘lib, u Harrow maktabining Osiyodagi xalqaro o‘quv dargohlarini boshqaradi. Hozirda uning Xitoy, Yaponiya va Tailandda 13 ta maktablari mavjud.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?