date 11:30 / 14.10.2024
views 132

BAA terma jamoasi futbolchisi Oʻzbekistonga kelsa qamoqqa olinishi mumkin

BAA terma jamoasi futbolchisi Oʻzbekistonga kelsa qamoqqa olinishi mumkin
Foto: Getty Images
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Jahon Chempionati saralashi doirasida BAAga qarshi ertaga, 15 oktyabr kuni oʻynaydi.

Terma jamoa Oʻzbekistonga 4 yoʻqotish bilan kelmoqda. Kuadio diskvalifikatsiya sabab jamoasiga yordam bera olmasa, Yahyo Nodir hali uchrashuvlarga toʻliq tayyor emas. Shuningdek, Abdulrahmon Solih jarohat tufayli uchrashuvda qatnasha olmaydi.

“Olamsport” sayti xabar berishicha, shaxsiy sabablarga koʻra Oʻzbekistonga kelmagan 4 futbolchidan biri Fabio De Lima hisoblanadi. “Al-Vasl” klubi futbolchisi 2013 yilda Oʻzbekiston fuqaroligi pasportini olgan va BAA chempionatida osiyolik legioner sifatida roʻyxatdan oʻtgan. Bu holat Oʻzbekistonda tekshiruvga sabab boʻlgan va bu raqamli pasport aslida boshqa odamga tegishli ekani ma'lum boʻlgan.

Foto: Championat
2020 yil fevral oyida Lima BAA fuqaroligini olgan. 2020 yil 12 oktyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi safida Oʻzbekistonga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan.

Futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev ushbu holatga quyidagicha izoh berdi:
"Uning Oʻzbekistonga kelishiga men hech qanday qonuniy toʻsiq koʻrmayapman. Unga nisbatan jinoiy ish ochilgani dargumon. Bundan tashqari, bunday huquqbuzarliklar uchun da'vo muddati qanday ekanini tekshirish kerak.

Shuni unutmangki, Fabio Oʻzbekiston fuqarosi sifatida oʻzining “pasportini” hech qachon koʻrmagan va tabiiyki, undan hech qaerda foydalanmagan. Bu soxta hujjat faqat “Amirliklar” chempionatiga kirish uchun kerak boʻlgan. Nega u kelmayapti? Koʻrinishidan, u ish hali ochiq boʻlishidan qoʻrqadi va tavakkal qilishni xohlamaydi.

Uning BAA fuqarosi pasportiga kelsak, u erda hamma narsa qonuniy
”, deydi mutaxassis.

Shu bois Fabio hech qachon Oʻzbekistonga uchib kelmaydi. Oʻz vaqtida “Nasaf” OChLda “Al Vasl”ni qabul qilgan va De Lima oʻshanda ham Qarshiga kelmagandi. 17 sentyabr kuni “Al-Vasl” “Paxtakor”ga qarshi oʻynadi, ushbu uchrashuvga ham Fabio kelmadi. 15 oktyabrda boʻlib oʻtadigan JCh—2026 saralashidan oʻrin olgan uchrashuvda ham futbolchi BAAdan turib tomosha qiladi.

Ma'lumot uchun, saralashning 4-turidan oʻrin olgan uchrashuv ertaga “Bunyodkor” stadionida boʻlib oʻtadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat