
Foto: Videodan kadr
Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida mashina yukxonasida oʻtirib harakatlangan 21 yoshli yigit vafot etdi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Voqea 2 oktyabr kuni soat 16:00 larda tumanning Bogʻibaland koʻchasidagi ichki yoʻllardan birida sodir boʻlgan. 21 yoshli yigit “VAZ-210” avtomashinasi yukxonasi ustiga doʻstini oʻtqazib olib, turli manyovrlar qilib harakatlangan.
Yukxonadagi yigit (2013 yilda tugʻilgan) erga yiqilib, turli tan jarohatlari olgan. U shifoxonaga yotqizilib, tibbiy muolajalar koʻrsatilganiga qaramay, 12 oktyabr kuni vafot etgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam oʻlimiga sabab boʻlishi) bilan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar