Foto: Shutterstock
So‘nggi paytlarda o‘tirgan holda ishlashga qarshi kurashish uchun turli xil moslamalar ishlab chiqilmoqda, jumladan, ofislar tik turib ishlashga mo‘ljallangan baland stollar bilan jihozlanmoqda. Bunday ishlash stol atrofida o‘tirishga qaraganda foydali deb hisoblanadi.
Avstraliyalik olimlar tadqiqot o‘tkazib, kutilmagan xulosaga keldi. Ma’lum bo‘lishicha, shuncha vaqt tik turib ishlash, o‘tirishdan ko‘ra foydaliroq emas, ba’zi hollarda hatto zararli ham.
Vertikal holatda juda uzoq vaqt bo‘lish potensial o‘limga olib keladigan kasalliklarning rivojlanish xavfini oshiradi, deb tushuntirdi mutaxassislar.
Tadqiqot davomida olimlar 83 mingdan ortiq britaniyalik katta yoshli kishilarning yurak va qon aylanish tizimi faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qildi, ishtirokchilarning o‘rtacha yoshi 61 ni tashkil etdi. Ularning faolligi kun davomida bilaklariga taqib yuradigan moslamalar yordamida kuzatib borildi.
Tadqiqot mualliflari ancha vaqt tik turgan holatda bo‘lish uzoq muddatli istiqbolda yurak-qon tomir tizimi salomatligini yaxshilamasligini, aksincha qon aylanishi bilan bog‘liq muammolar xavfini oshirishini aniqladi.
Bunda har kuni ikki soat davomida tik turish qon aylanishi bilan bog‘liq muammolar ehtimolini deyarli oshirmagan. Biroq keyingi har yarim soatda bu xavf 11 foizga ko‘tarila boshlagan. Aksincha, 6-10 soat o‘tirgan odamlarda qon aylanishi bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelish xavfi biroz kamaygan. “O‘n soat”dan ortiq o‘tirilgan har bir qo‘shimcha soat esa qon aylanishi bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lish ehtimolini 26 foizga oshirgan.
Shuningdek, 12 soatdan ortiq harakatsiz holatda bo‘lish yurak qon-tomir kasalliklari xavfini soatiga 13 foizga ko‘paytirdi.
“Muntazam ravishda uzoq vaqt bir joyda o‘tiradigan odamlar uchun yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytirishning eng yaxshi usuli — kun davomida faol harakat qilish va muntazam jismoniy mashqlar”, — deydi Sidney universitetining aholi salomatligi bo‘yicha mutaxassisi va tadqiqot hammuallifi professor Emmanuel Stamatakis.
Mutaxassislar o‘tirib ishlash xavflarini tik turish bilan kamaytirishga urinmasdan, balki ko‘proq harakat qilishni tavsiya etadi. Masalan, sayr qilish, uchrashuvlarga mashinada emas, piyoda borish, lift o‘rniga zinapoyadan foydalanish, tushlik tanaffusidan foydalanib biroz yurish va cho‘zilish mashqlarini bajarish kabi oddiy harakatlar bilan kundalik faollikni oshirish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi