O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozon shahrida bo‘lib o‘tayotgan BRIKS sammiti doirasida Vetnam Sotsialistik Respublikasi Bosh vaziri Fam Min Tin bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Vetnam o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik va amaliy aloqalarni, ayniqsa savdo-iqtisodiyot va investitsiya sohalarida rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Hukumatlararo va idoralararo muloqotlarga tizimli tus berish zarurligi ta’kidlandi. Tomonlar kelgusi yil boshida Xanoy shahrida Savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini, shuningdek, biznes forumi va sanoat ko‘rgazmasini o‘tkazishga kelishib oldilar.
Yangi loyihalarni ilgari surish maqsadida neft-kimyo, elektrotexnika, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish dasturini tayyorlash taklif etildi. Ishbilarmonlik va sayyohlik aloqalarini, shu jumladan vizasiz tartib joriy etish orqali kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Bo‘lajak oliy va yuqori darajadagi uchrashuvlar jadvali ko‘rib chiqildi. Bosh vazir Fam Min Tin O‘zbekiston Prezidentini rasmiy tashrif bilan Vetnamga kelishga taklif etdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Putin ehtimoliy muzokaralarda Ukrainaga imtiyozlar berilmasligini aytdi
Pavel Durov muvaffaqiyatga intilayotgan yoshlarga muhim maslahat berdi
Gurjistondagi saylovlarda rossiyaparast partiya g‘olib chiqdi
Livanga yordam berish uchun Parijda taxminan 1 mlrd yevro yig‘ildi
Putin Kursk oblastida ukrainalik 2000 harbiy qurshovda qolganini aytdi
Terri Anri: Bu "Barselona"ni hech kim yenga olmaydi!
Tadqiqot: Kashandalar boshqalardan ikki yarim hafta kam ishlaydi
Putin Falastin xalqiga nisbatan tarixiy adolatsizlikni tuzatish zarurligi haqida gapirdi