08:00 / 29.10.2024
39

Velosiped, skuter, samokatdagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik belgilanadi

Velosiped, skuter, samokatdagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik belgilanadi
Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Unga ko‘ra, kichik hajmli elektr dvigatelli transport vositalarini va individual harakatlanish vositalarini boshqarish vaqtida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikni belgilashni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Shuningdek, tez tibbiy yordam hamda yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari transport vositalaridan foydalangan holda sodir etilgan qoidabuzarliklar yuzasidan ma’muriy ishlarni ortiqcha qog‘ozbozlikni bartaraf etish maqsadida tugatish tartibi joriy etilishi belgilanmoqda.

Bundan tashqari, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilishi to‘g‘risidagi ma’lumot jarima solish haqida qaror chiqarishga vakolatli bo‘lgan shaxsga 48 soat ichida yuborilmagan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida ish yuritilmasligi belgilanmoqda.

Kichik hajmli elektr dvigatelli transport vositalari — elektr dvigateli bilan ta’minlangan, kichik o‘lchamdagi, asosan shaxsiy yoki qisqa masofalarda transport sifatida qo‘llanadigan vositalar. Bularga elektr skuterlar, elektr velosipedlar, miniatyur elektr avtomobillar va giroskuterlar kiradi.

Individual harakatlanish vositalari — shaxsiy foydalanish uchun mo‘ljallangan, asosan bitta odamni tashishga qodir bo‘lgan transport turlari. Ularning ichiga velosipedlar, skeytbordlar, skuterlar, monokoleso, giroskuterlar, segveylar va hatto kichik elektromobillar kiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Velosiped, skuter, samokatdagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik belgilanadi