Vazirlar Mahkamasi qarori bilan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilik hujjatlari takomillashtirilganligi munosabati bilan hukumat ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ularning ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Hujjat "Fuqarolarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirishga qaratilgan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonunni ijro etish, shuningdek fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni o‘zaro muvofiqlashtirish maqsadida qabul qilindi.
Bir qator normativ-huquqiy hujjatlarga quyidagilarga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi:
- pensiyalarni tayinlash va to‘lash tartib-taomillarini raqamlashtirish hisobiga ortiqcha byurokratik yukni bartaraf etish;
- pensiya tayinlanganligi to‘g‘risidagi qog‘oz ma’lumotnomani berish bekor qilinishi munosabati bilan ma’lumotlarni maxsus axborot tizimi orqali elektron tarzda shakllantirish;
- tovar va xizmatlar iste’mol narxlari indeksi darajasini hisobga olgan holda pensiyalarni indeksatsiya qilish;
- ma’muriy islohot asosida vazirlik va idoralar nomlari hamda majburiyatlariga o‘zgartirishlar kiritish.
Hujjat bilan quyidagilarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda:
- Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom;
- Fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘larni to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom;
- Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vengriya hukumati Ukrainaga noqonuniy qurol yetkazib berishning oldini olganini ma’lum qildi
Lukashenko ukrainalik generallar taslim bo‘lish uchun unga qo‘ng‘iroq qilishganini aytdi
Yuk mashinalari haydovchilari uchun yangi tartib kuchga kirdi
Hande Erchel turk madaniyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlandi
O‘t qopidagi toshlar qanday va qayerdan paydo bo‘ladi?
Leonid Kuchma: Rossiya bilan urushmaslik uchun Ukraina oldida ikki yo‘l bor edi
“Oltin to‘p” tashkilotchilari nima uchun mukofot Vinisiusga emas, Rodriga berilganini tushuntirdi
Toshkentning uch tumanida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi