
Foto: Toshkent shahar IIBB YHXBB
Toshkent shahrida Spark va Matiz mashinalari o‘zaro to‘qnashdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa bugun 204 yil 3 noyabr kuni soat 02:00 larda Sergeli tumanida sodir bo‘lgan. Mehrigiyo-Mirzo Tursunzoda ko‘chalari chorrahasida 23 yoshli D.U. boshqaruvidagi Spark va 27 yoshli L.A. boshqaruvidagi Matiz to‘qnashgan.

Oqibatda Matiz ag‘darilib ketgan va uning 2 nafar yo‘lovchisi birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB ma’sul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar