Bolalar ombudsmani tomonidan alohida nazoratga olingan holat ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Holatga ko‘ra, Buxoro viloyati, Shofirkon tumanida yashab kelayotgan 34 yoshli M.J. 9 yoshli qizi A.B.ga nisbatan o‘ta vahshiyona munosabatda bo‘lgan. Qizining yuz, qo‘li va badanlariga qizigan oshxona kapkirini bosgan.
Shofirkon tumanidagi Mirzoqul mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli Hulkar Qodirovaning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, M.J. asli G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan, 2023 yilga qadar Shofirkon tumanining Zarchabek mahallasida turmush o‘rtog‘i A.T. hamda 4 nafar voyaga yetmagan farzandlari bilan yashab kelgan.
«Bizning Mirzoqul mahallamizga ko‘chib kelib, yangi tiklangan ko‘p qavatli uylarda yashab kelishayotganiga hali uncha ko‘p vaqt bo‘lmagan. Shunga qaramasdan, M.J. va uning oilasi bilan yaqindan tanishgandik. Tinch, xotirjam oila edi. Turmush o‘rtog‘i Toshkent shahrida yakka tartibda faoliyat ko‘rsatib kelgan. O‘zi esa yaxshigina tadbirkor. Applekatsiya bilan shug‘ullanadi. Ayolning qo‘lida o‘n nafarga yaqin xotin-qizlar ham faoliyat ko‘rsatishadi. Bir necha marotaba shaxsan o‘zini turli tadbirkorlik tanlovlarida ishtirokini ham ta’minlaganmiz. Ikki nafar egiz: qiz va o‘g‘il farzandi va yana ikki nafar o‘g‘li bor. A. To‘ng‘ich qiz. U qiz ham aqlli, odobli edi. Oilaviy nizolari haqida eshitmaganmiz», - deydi Hulkar Qodirova.
Mahalla xotin-qizlar faolining so‘ziga ko‘ra, voyaga yetmagan to‘ng‘ich qizini qandaydir nizo adabga chaqirib qo‘ymoqchi bo‘lgan.
Tanbeh berish o‘rnida, o‘z qizi bilan juda qo‘pol va vahshiyona munosabatda bo‘lgan ayol qizigan oshxona kapkiri bilan uning qo‘l, yuz va badanlariga tan jarohati yetkazgan. O‘zini boshqarolmay qolgan.
«Har qanday vaziyatdayam ona o‘zini bosiq va vazmin saqlay olishi kerak edi. U hayvonga emas, odam bolasiga, astag‘furullo, yana o‘z farzandiga nisbatan shunday shafqatsiz munosabatda bo‘lgan. Birgina barmog‘ingiz yoki qo‘lingiz qizigan temirda kuysa, qanchalar dard chekasiz, endi bu qizning ahvolini tasavvur qiling. Ayolning tadbirkorligu ishbilarmonligi o‘z yo‘lida. Qat’iy qonuniy chora ko‘rilishini talab qilardik», - deydi mahalladoshi R.Ch.
Buxoro viloyati IIB axborot xizmati rahbari Shuhrat Jalolovning bildirishicha, holat yuzasidan Shofirkon tuman IIB huzuridagi TG tomonidan M.J. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 126 (1) moddasi 3 -qismi (Oilaviy (maishiy zo‘ravonlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ayolning juda qattiq stressdagi ruhiy holati inobatga olinib, viloyat IIB tomonidan tergovga qadar M.J. «Oydin nur» oilalarni ijtimoiy, huquqiy himoyalash markaziga joylashtirilgan. Voyaga yetmagan yana uch nafar farzandi borligi inobatga olinib, ushbu markazda M.J. bilan profilaktik va psixologik tadbirlar olib borish maqsadi ko‘zlangan. Biroq...
«Ma’lumki, markazimiz og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan, himoyaga muhtoj, oilaviy, maishiy tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin - qizlar, odam savdosi qurboni, jabr ko‘rgan mehnat muhojirlari, ilgari sudlangan, yakka- yolg‘iz ayollar, voyaga yetmagan yetim o‘g‘il-qizlarga bepul xizmat ko‘rsatadi. Vaqtinchalik yashash joyi – boshpana bilan ta’minlaydi.M.J. ham shu maqsadda markazimizga keltirildi. Afsuski, ayol oradan ko‘p o‘tmay, boshpanani boshiga ko‘tardi. 7 oylik farzandini ham beshikdaligi paytida beshikni urib, baqir-chaqir qildi. Ayol nosog‘lom ruhiy holatda. Zudlik bilan Buxoro ruhiy asab shifoxonasiga murojaat qilishga majbur bo‘ldik. M.J. o‘sha vaqtning o‘zida shifoxonaga olib ketildi. Og‘riqlisi, M.J. qizi A.uning egizi bo‘lgan o‘g‘li A.ni ham bundan ilgari jarohatlagan ko‘rinadi. O‘g‘lining qo‘lida eski jarohat izlari bor.Bola kuchli stress va qo‘rquv holatidaligi bois, kechqurunlar tagini ho‘llab qo‘yar ekan. Jarohat olgan qiz ayni paytda shifoxonada davolanmoqda. Uch nafar farzandi esa bizning boshpanada xavfsiz va xotirjam», — deydi markaz direktori Shahnoza Ixtiyorova.
Shu o‘rinda yuqorida ushbu oila to‘g‘risida «M.J. ning oilasi bilan yaqindan tanishgandik» degan Mirzoqul mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli Hulkar Qodirovaning so‘zlariga qaytamiz. Yo‘q, aslida, mahalla ushbu oilaning ichki muhitiga kirib bormagan ko‘rinadi. Mahaolla o‘zining bu vahshiyona xatti-harakatini «bolalarni tarbiyalashning bir usuli» deya baholayotgan onani mutlaqo «bilmagan»: tadbirkorligi va mahalla xotin-qizlarini ish bilan ta’minlab kelayotganini bilgan, xolos. Yo‘qsa, holat bu darajaga yetib kelmas edi… “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi