16:00 / 06.10.2016
6 756

AQSh hukumati jamoatchilik bilan aloqalar uchun har yili 1,5 milliard dollar sarflaydi

AQSh hukumati jamoatchilik bilan aloqalar uchun har yili 1,5 milliard dollar sarflaydi

AQSh hukumati jamoatchilik bilan aloqalar, jumladan reklama shartnomalari va mutaxassisilar ish haqi uchun har yili 1,5 milliard dollar sarflaydi. Bu haqda TASS agentligiga asoslanib "Kun" nashri xabari berdi.

"Federal hukumat jamoatchilik bilan aloqalar uchun har yili 1,5 milliard dollar sarflaydi: bundan 1 milliard dollar reklama va piar-shartnomalarga, yana 500 million dollar jamoatchilik bilan aloqa olib boruvchi 5 ming davlat xizmatchisining maoshiga yo‘naltirilgan", - deya qayd etiladi hisobotda.

Hujjatda ta’kidlanishicha, so‘nggi o‘n yillikda Vashington reklama va piar-shartnomalariga har yili 800 million dollardan 1,3 milliard dollargacha sarf qilgan. Muzokaralar federal hukumat faoliyatini nafaqat televidenie, radio va yangiliklar lentasi orqali, balki elektron pochta, internet saytlari, bloglar, matnli xabarlar, shuningdek Facebook kabi ijtimoiy tarmoqlarda ham yoritishni ko‘zda tutadi. Kongressda ta’kidlanishicha, jamoatchilik bilan aloqalar uchun javob beruvchi davlat xizmatchilarining o‘rtacha oylik maoshi taxminan 7,5 ming dollarni tashkil qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » AQSh hukumati jamoatchilik bilan aloqalar uchun har yili 1,5 milliard dollar sarflaydi