Foto: Oliy sud
Oliy sud raisi Baxtiyor Islomov advokatlar bilan muloqotda O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi sudyalarda haqiqiy aybdorlarni jazolash uchun ba’zan qat’iyat yetishmayotganini aytdi. Bu haqda Oliy sud raisi bilan muloqotga kirishgan advokatlar ma’lum qildi.
Oliy sud axborot xizmatining rasmiy kanalida ma’lumot berilishicha, bugun, 9 noyabr kuni Oliy sudda Baxtiyor Islomov hamda advokatlar palatasi raisi Shuhrat Sodiqov respublikada faoliyat yuritayotgan advokatlar bilan ochiq muloqot o‘tkazgan.
Foto: Oliy sud
“Oliy sud raisi Baxtiyor Islomov bugun advokatlar hamjamiyati vakillari bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqot chog‘ida ikki marta 'haqiqiy aybdorni jazolash uchun sudyalarimizda qat’iyat yetishmayapti' dedi. Rais bu haqda birinchi marta advokat so‘roviga javob bermagan yoki yetarlicha javob bermayotgan mansabdor shaxslarni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 197-1-moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortish masalasi haqida gap ketganida gapirgan bo‘lsa, qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo‘llash haqidagi iltimosnomalar sudlar tomonidan deyarli yoppasiga qanoatlantirilayotgani masalasi ko‘tarilganida ham shu gapni takrorladi”, deyiladi bu haqda yozgan “Advokat” jurnali va “Advokat-Press” gazetasining Telegram kanalidagi xabarda.
Oliy sud raisiga ko‘ra, ko‘pincha advokat so‘roviga javob bermagan aybdor mansabdor shaxs qolib, ish yurituvchi, yordamchi kabi javob qaytarishga vakolatli bo‘lmagan xodimlar javobgarlikka tortilmoqda.
Foto: Oliy sud
“Bu muammodan xabarimiz bor. Shaxsga doir ma’lumotlarni bahona qilib, advokatlarning shikoyatlari qabul qilinmayapti yoki qabul qilinsa ham ko‘p hollarda aybdor mansabdor shaxs qolib ish yurituvchi, yordamchi kabi advokat so‘roviga javob qaytarishga vakolatli bo‘lmagan xodimlar javobgarlikka tortilmoqda. Haqiqiy aybdorni jazolash uchun sudyalarimizda qat’iyat yetishmayapti”, degan Oliy sud raisi.
Baxtiyor Islomov respublikada sudya kadrlarga o‘tkir ehtiyoj yo‘qligini, har yili yetarlicha sudya shtatlari ochilayotganini, biroq ularning malakasi hali talab darajasida emasligini tan olgan.
Foto: Oliy sud
Shuningdek, tadbirda mamlakatda so‘nggi yillarda malakali va bilimli advokatlar soni sezilarli darajada ortganini, natijada jismoniy va yuridik shaxslarning himoya huquqi munosib ta’minlanayotgani alohida qayd etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi