16:12 / 08.10.2016
8 122

Toshkentda qoidabuzar internet klublari jazolandi

Toshkentda qoidabuzar internet klublari jazolandi

Toshkent shahar hokimining 2015 yil 18 fevralda “Toshkent shahrida internet tarmoqlari va kompyuter orqali xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik subektlarining faoliyatini muvofiqlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 146-son qarori chiqqan edi.

Ushbu qarorga ko‘ra, mazkur yo‘nalishda faoliyat olib boruvchi internet kafe va kompyuter klublari kechasi soat 21:00gacha ish olib borishi belgilangan. Afsuski, ushbu qarorning bajarilishi o‘rganilganda, uning talablarini hali-hamon buzib kelayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar borligi aniqlanmoqda, deb yozadi Toshkent shahar hokimligi rasmiy saytiga asoslanib "Kun" nashri.

Xususan, tumanlarda tashkil etilgan ishchi guruhlari tomonidan 2016 yil 3-6 oktyabr kunlari shahardagi 63 ta “internet kafe” va “kompyuter klub” faoliyati o‘rganilganda:

Mirobod tumani Fitrat ko‘chasi, 28-uyda joylashgan «ZOIR-SIDDIQ BIZNES PLYUS»MChJga qarashli “Shicago” kompyuter o‘yingohi 3 oktyabr kuni soat 23:00 da va Mirobod ko‘chasi, 27/9-uy, 1,2,3-xonadonlarida joylashgan “ART INTER TRAYD” MChJga qarashli“PRAYM TIME PLAYSTATION” kompyuter o‘yingohi 5 oktyabr kuni soat 21:20 da;

Yunusobod tumani 14-mavzeda joylashgan « PLAYSTATION -3» kompyuter o‘yingohi 3 oktyabr kuni soat 23:00 da va 11-mavzeda joylashgan “GAME CLUB” kompyuter o‘yingohi3 oktyabr kuni soat 23:30 da;

Yashnobod tumani Usmon Nosir ko‘chasi, 13-uyning erto‘la qismida joylashgan«PLAYSTATION» kompyuter o‘yingohi 6 oktyabr kuni soat 23:10 da (7 nafar fuqaroga xizmat ko‘rsatayotganligi);

Yakkasaroy tumani Bratislava ko‘chasi, 2-uyda joylashgan “VOLCANO GAME” MChJgaqarashli “ADRENALIN NET” kompyuter o‘yingohi 6 oktyabr kuni soat 22:30 da (17-18 nafar fuqaroga xizmat ko‘rsatayotganligi);

Shayxontohur tumani Labzak ko‘chasida joylashgan “RESPECT” kompyuter o‘yingohi 5 oktyabr kuni soat 22:30 da faoliyat yuritayotganligi aniqlandi.

Tungi soat 21:00 dan keyin faoliyat yuritganligi aniqlangan ushbu xo‘jalik sub’ektlariga nisbatan ma’muriy ish hujjatlari rasmiylashtirildi va jinoyat ishlari bo‘yicha tegishli sudlarga yuborildi. Ushbu yo‘nalishda tungi reydlar davom ettiriladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda qoidabuzar internet klublari jazolandi