Majburiy ijro byurosi Chust tuman bo‘limi va tegishli tashkilotlar vakillari ishtirokida o‘tkazilgan ijro harakatlari davomida javobgarlar bino inshootdan majburiy tartibda ko‘chirildi.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Chust tumanlararo sudining hal qiluv qaroriga ko‘ra da’vogar ATB "Qishloqqurilishbank" manfaati yuzasidan javobgarlar A.Dehqanov, R.Samsaxbayeva, M.Usmanaliyev va Sh.Usmanaliyevalarni umumiy maydoni 1950 kv.m bo‘lgan xizmat ko‘rsatish va omborxona bino-inshootlaridan majburiy tartibda ko‘chirish belgilangan.
Mazkur ijro varaqasi Byuroning Chust tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan. Davlat ijrochisi tomonidan javobgarlarga 15 kunlik muddat berilib, ixtiyor ko‘chib ketishi ogohlantirilgan. Biroq, ana shu muddat ichida sud qarori ixtiyor bajarilmagan. Shundan so‘ng majburiy ijro harakatiga kirishilgan.
Aynan bugun o‘tkazilgan ijro harakatlari davomida javobgarlar Chust tumani, Mirzaobod mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan bino-inshootdan majburiy tartibda ko‘chirildi.
Ijro hujjati amalda tamomlandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Fayzullayev va Yevropa: unga berilgan ikki xil baho...