21
Fuqaroning Nexia avtomashinasi yetkazilgan zararni qoplamagani uchun jarima maydoniga qo‘yildi
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini bartaraf etish hamda iste’molchilar tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya etilishini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarga qaramasdan bugungi kunda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq qonunbuzarliklar salmog‘i ortib bormoqda.
Xususan, Jinoyat ishlari bo‘yicha Sh.Rashidov tuman sudining 06.08.2024 yildagi qarzdor Sh.X.dan «Hududgaz Jizzax» gaz ta’minoti filiali Sh.Rashidov gaz ta’minoti bo‘limi foydasiga muqaddam huquqbuzarlik oqibatida yetkazilgan 5 mln. so‘m qarzini undirish yuzasidan ijro varaqasi Byuroning Sh.Rashidov tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Ijro hujjati bo‘yicha qarzdorga nisbatan ijro ishi qo‘zg‘atilib, tomonlarga yuborilgan.
Davlat ijrochilarining ijro harakatlari natijasida qarzdorga tegishli Nexia rusumli transport vositasi hatlanib jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Qarzdor yetkazilgan zararni qoplamagan taqdirda mazkur avtotransport auksion savdolarida sotilib, tushgan pullardan qoplanadi.
Tabiiy boyliklarimizning qadriga yetib, undan foydalangandan so‘ng to‘lovlarini ham o‘z vaqtida to‘lab borilsa, shu kabi ortiqcha harakatlar amalga oshirilmas edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi