10:18 / 16.11.2024
8

Bolalarga zo‘ravonlik qilganlar xulq-atvorini tuzatish choralari ko‘riladi

Bolalarga zo‘ravonlik qilganlar xulq-atvorini tuzatish choralari ko‘riladi
“Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi. Qonunda belgilanishicha, bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etganlarning xulq-atvorini tuzatishga qaratilgan tadbirlar amalga oshiriladi.

Zo‘ravonlikning takroran sodir etilishining oldini olish hamda zo‘ravonlikdan jabrlanganlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarning xulq-atvorini o‘zgartirish yuzasidan psixologik va ijtimoiy yordam ko‘rsatishga doir chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxs zo‘ravonlik xulq-atvorini o‘zgartirish bo‘yicha tuzatish dasturidan o‘tadi. Tuzatish dasturidan o‘tish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxsda ruhiy holatning buzilishi mavjud bo‘lganda, unga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bolalarga zo‘ravonlik qilganlar xulq-atvorini tuzatish choralari ko‘riladi