Foto: Videodan kadr
Surxondaryo viloyati Bandixon tumanida o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa 2024 yil 12 noyabr kuni soat 8:00 larda sodir bo‘lgan. Bandixon tumani Chinor mahallasidan o‘tuvchi 4R-100 avtomobil yo‘lida 32 yoshli haydovchi boshqaruvida bo‘lgan Nexia yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan 7 yoshli bolani urib yuborgan.
Oqibatda, tumandagi 9-maktabning 1-sinfida tahsil olayotgan bola og‘ir tan jarohatlari olib tuman shifoxonasida vafot etgan.
Qayd etilishicha, bola o‘qiydigan maktabda YHXB mutasaddilari, mahalla aholisi, vafot etgan bolaning ota-onasi ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas