Soliqlar ijtimoiy va mudofaa sohalarini moliyalashtirishning manbasi bo‘lib xizmat qiladi. Shunday ekan, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash barchamizning burchimiz sanaladi.
Xususan, Jizzax viloyati Soliq boshqarmasining Soliq majburiyatiga ega shaxsning mol-mulki hisobidan soliq qarzini undirish bo‘yicha Qaroriga asosan “X.G‘.” fermer xo‘jaligidan to‘lanmagan 75 million so‘m soliq qarzini undirish bo‘yicha ijro varaqasi byuroning Arnasoy tuman bo‘limiga kelib tushgan.
Mazkur ijro hujjatlari bo‘yicha davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi qo‘zg‘atilib, qarzdorga tegishli barcha ko‘chmas mulki va texnikalariga taqiq o‘rnatilgan hamda hisob raqamlariga band solingan.
Shundan so‘ng, ijro hujjati yuzasidan bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida fermerga tegishli «TTZ-LS U62» rusumli traktori qarzdorlik evaziga xatlandi.
Kelgusida ushbu mulk elektron-onlayn auksionlarda sotilib, sotuvdan tushgan puldan mavjud qarzdorliklari qoplanadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda