
Bahodir Qurbonov va Abdusalom Azizov
Foto: Prezident matbuot xizmati / Arxiv
Mudofaa vaziri lavozimida faoliyat yuritgan general-leytenant Bahodir Qurbonov prezident farmoni bilan O‘zbekiston DXX raisi etib tayinlandi. DXXning sobiq rahbari general-leytenant Abdusalom Azizov prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashiga o‘tkazildi.
O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimidan ozod etilgan general-leytenant Abdusalom Azizov prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashiga o‘tkazilgani ma’lum bo‘ldi.
Azizov 2019 yil fevralidan buyon Davlat xavfsizlik xizmati rahbari lavozimida ishlab kelayotgandi. Bungacha u 2017 yilning sentyabridan Mudofaa vazirligini boshqarib kelgan.
2002-2006 yillarda “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi bo‘lgan.
2006 yil sentyabridan 2008 yil noyabrigacha “O‘zneftmahsulot” korxonasini (“O‘zbekneftgaz” sho‘ba korxonasi) boshqargan.
2008 yilning noyabr oyida u Ichki ishlar vazirligiga qaytib, o‘sha yilning noyabr dekabr oylarida Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, 2008 yilning dekabridan 2009 yilning dekabriga qadar — Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2009-2017 yillarda Jizzax viloyati IIB boshlig‘i lavozimida ishlagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar