16:46 / 24.11.2024
11

Abdusalom Azizovning DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi

Abdusalom Azizovning DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
O‘zbekiston prezidentining matbuot kotibi Sherzod Asadov Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov ishdan bo‘shatilganini tasdiqladi.

Abdusalom Abdumavlonovich Azizov O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimidan ozod etildi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyati ixtiyoriga o‘tkazildi”, – deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, prezidentning alohida farmonlari bilan, mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov DXX raisi lavozimiga o‘tkazilgan. Mudofaa vaziri lavozimiga esa Shuhrat Xolmuhammedov tayinlangan. U bungacha mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.

Bayonotda Azizovning ishdan olinishi sababiga aniqlik kiritilmagan. Eslatib o‘tamiz, bu – Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd doirasida o‘tkazilayotgan tekshiruvlar bilan bog‘liqligi aytilmoqda.

64 yoshli Abdusalom Azizov 2019 yil 14 yanvar kuni general-leytenant harbiy unvonini olgan, bir oy o‘tib Ixtiyor Abdullayev o‘rniga DXX raisi etib tayinlangan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Abdusalom Azizovning DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi