Toshkentdagi metro va avtobuslarda to‘lov narxi 3 ming so‘mgacha oshishi mumkin. Elektron to‘lovda esa narx 1700 so‘mni tashkil etadi. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida «Toshkent shahridagi jamoat transporti tizimida yo‘lkira haqini to‘lashda elektron to‘lov tizimidan foydalanishni rag‘batlantiruvchi tariflarni joriy etish to‘g‘risida» Toshkent shahri hokimining qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qaror bilan 2025 yil 1 yanvardan Toshkent shahrining jamoat transporti yo‘nalishlarida (avtobus va metropoliten) qatnovlarni amalga oshirish uchun yo‘lkira haqining quyidagi cheklangan tariflari belgilanmoqda:
▪️bir yo‘lovchi qatnovi uchun cheklangan tarif – 3 000 (uch ming) so‘m. Bunda, bir yo‘lovchi qatnovi uchun 1 (bir) martalik to‘lovni elektron to‘lov tizimi orqali amalga oshirilganda rag‘batlantiruvchi chegirma qo‘llanilgan holda – 1 700 (bir ming yetti yuz) so‘m undiriladi;
▪️bir yo‘lovchining bagajini tashish bo‘yicha xizmat uchun – 4 000 (to‘rt ming) so‘m;
▪️qatnovlar soniga bog‘liq holda belgilangan tarif rejalarini hisoblash uchun cheklangan tarif – 1 600 (bir ming olti yuz) so‘m.
Qatnovlar soniga bog‘liq holda belgilangan transport kartalarining va transport kartalaridan foydalanilgan holda bir soat ichida bir yo‘nalishli yo‘lovchi transportidan boshqasiga o‘tish sonidan kelib chiqqan holda imtiyozli va bepul tarif rejalarining narxlari o‘zgarishsiz qoldiriladi.
Toshkent shahri yo‘nalishlaridagi barcha avtobuslar salonida yo‘lkira haqini naqd pulda olish amaliyotidan voz kechiladi va yo‘lkira haqini faqat elektron tarzda qabul qilish amaliyoti joriy etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Abdusalom Azizovning Xavfsizlik kengashiga o‘tkazilgani tasdiqlanmadi
Bahodir Qurbonov DXX raisi etib tayinlandi
Abdulla Aripov Boysunda bo‘lib qaytdi: “Prezidentimiz, odamlar ko‘chishga rozimi-rozimasmi, dedilar”
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida viza tartibi yanada erkinlashtirilishi mumkin
Xalqaro sud qarori: Netanyaxu va Gallant hibsga olinsa nima bo‘ladi?