Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilayotgan o‘zgartirish bilan jamoat transporti uchun alohida ajratilgan yo‘laklarda harakatlanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik ko‘zda tutilmoqda. Tegishli qonun loyihasi parlamentda muhokama qilinmoqda.
Unga ko‘ra, bunday harakatni birinchi marta sodir etganlik uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari (1 mln 125 ming so‘m) miqdorida, bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa – bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari (1 mln 875 ming so‘m) miqdorida jarima belgilanmoqda.
Qonun loyihasi kuchga kirishi uchun Quyi palatada qabul qilinib, Senat tomonidan ma’qullanishi hamda prezident tomonidan imzolanishi kerak.
Joriy yilning 19 noyabr kuni Toshkentda MAN rusumli yo‘lovchi tashuvchi avtobusi va Lacetti ishtirokida YTH ro‘y bergandi.
Foto: Telegram kanal “Ko dnu”
Poytaxt YHXB matbuot xizmatining xabar qilishicha, yo‘l-transport hodisasi Chilonzor tumani Bunyodkor—Qatortol-2 ko‘chalari kesishgan chorrahada sodir bo‘lgan. Haydovchi 1979 yilda tug‘ilgan M.Sh. boshqaruvidagi Lacetti hamda 1997 yilda tug‘ilgan haydovchi Q.M. boshqaruvidagi MAN avtobusi to‘qnashgan.
“Toshshahartransxizmat” matbuot xizmatining bildirishicha, Lacetti asosiy yo‘lda svetoforning yashil chirog‘ida harakatlanib kelayotgan avtobusga yo‘l bermasdan, yo‘lga chiqib kelgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Ukrainalik askarlar Rossiya bilan muzokaralar olib borishni istashmoqda
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Shoygu Rossiyaning “yadro soyaboni” kimni himoya qilishini aytdi
Putin Ukrainaning yadroviy bomba yaratishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi