date
views 54

Yangi O‘zbekiston ko‘chasida Cobalt yo‘l chetidagi temir ustunga borib urildi

Yangi O‘zbekiston ko‘chasida Cobalt yo‘l chetidagi temir ustunga borib urildi
Foto: IIBB YHXB axborot xizmati
Joriy yilning 6 dekabr kuni soat 21:30 larda Yashnobod tumani Yangi O‘zbekiston ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, 2005 yilda tug‘ilgan haydovchi K.K. Cobalt rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi temir ustunga to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH natijasida tan jarohat olganlar haqida xabar kelib tushmagan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yangi O‘zbekiston ko‘chasida Cobalt yo‘l chetidagi temir ustunga borib urildi