Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining ijro varaqalariga asosan, undiruvchi N.J.ni “O‘.”AJning “U.” UKga qarashli ishlab chiqarish, texnik-butlash va ta’minot boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga ishga tiklash va majburiy progul kunlari uchun 99.643.731,6 so‘m ish haqi, yetkazilgan ma’naviy zarar uchun 10.500.000 so‘m, da’vo arizasi kiritishda pochta xarajati 34.000 so‘m hamda advokat xizmati uchun to‘langan 5.000.000 so‘m, jami 115.177.731,6 so‘m undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjatlari Byuroning Urganch shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va davlat ijrochisi tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida, MIB shahar bo‘limi tomonidan undiruvchi N.J.ning korxonadagi lavozimiga ishga tiklanishi ta’minlandi.
Shuningdek, qarzdorning bank hisob raqamlariga band solinib, jami 115.177.731,6 so‘m ish haqi va ma’naviy zarar pul mablag‘lari qarzdorning hisob raqamlaridan undirilib, undiruvchining bank plastik kartasiga o‘tkazib berildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyati va Ukraina sharqida hujumlarni kuchaytirmoqda
Al-Juloniy: “Suriya Afg‘oniston emas va bo‘lmaydi ham”
Tramp Zelenskiyni urush tugashiga tayyorlanishga chaqirdi
Donald Tramp: “Prezident Erdo‘g‘on juda aqlli, Asad esa shafqatsiz qassob”
Turkiya Suriya chegarasida qo‘shin to‘plamoqda
Suriya isyonchilari yetakchisi murojaat bilan chiqdi
Xitoy va Hindiston Himolaydagi yarim asrlik hududiy nizoni hal qilmoqchi
Rossiya Isroilni Golan tepaliklari borasida ogohlantirdi