Foto: Videodan kadr
Toshkent viloyati Piskent tumani hokimligi tumandagi qishloqlarning birida bo‘rilar kezib yurgani yuzasidan ma’lumot berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Piskent tumanidagi Qirqqizobod qishlog‘ida och bo‘rilar kezib yurgani haqida videomurojaat tarqaldi.
Qayd etilishicha, Qirqqizobod qishlog‘i tog‘li hududda joylashgani bois har qishda, ayniqsa, tog‘larga qor tushganda, aholi yashaydigan joylarga yovvoyi hayvonlar, jumladan, bo‘rilar kirib keladi.
«Bugun erta tongdan boshlab yovvoyi hayvonlarni tutuvchi maxsus guruh hududga jalb etildi. Hozirda bo‘rilarni qidirish va ularni zararsizlantirish ishlari olib borilmoqda», — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, qo‘lga olingan bo‘rilarni hayvonot bog‘iga jo‘natish rejalashtirilgan, u yerda ularning tabiiy yashash joylariga yaqin sharoitlar yaratiladi. Shu kungacha mahalliy aholiga hech qanday zarar yetmagan.
Joriy yilning iyul oyida Samarqand viloyati Urgut tumanida qo‘ng‘ir ayiqlar chorvaga hujum qilib, 4 echkini yeb qo‘ygani to‘g‘risida xabar berilgandi. Dekabr o‘rtalarida esa Surxondaryoda ko‘chada yo‘lbars yurgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Keyinroq viloyat Ekologiya boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavha aslida Rossiyaning Kemerova shahri yaqinida tasvirga olinganini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Alisher Usmonov urush boshlanganidan buyon qanday qilib 13,4 mlrd dollarga boyidi?
Ekspert: Rossiyaga qarshi sanksiyalardan O‘zbekiston va Qirg‘iziston ko‘proq foyda ko‘rdi
Putin uchinchi jahon urushi haqidagi savolga qanday javob berdi?
Davlat xizmatlari sohasidagi so‘nggi yangiliklar va yengilliklar ma’lum qilindi
Grenlandiya Donald Trampga orol sotilmasligini eslatib qo‘ydi
Vengriya bosh vaziri: Yevropa Ukrainadagi mojaroda yutqazdi
Putin MDH davlatlari rahbarlari bilan uchrashadi
Qushlar uchun aqlli qafas taqdim etildi: o‘zi ovqatlantirib, o‘zi tozalaydi