11:32 / 31.12.2024
74

Marhum jurnalist Ramina Yagafarovaning singlisi Shavkat Mirziyoyev va Saida Mirziyoyevaga murojaat qildi

Marhum jurnalist Ramina Yagafarovaning singlisi Shavkat Mirziyoyev va Saida Mirziyoyevaga murojaat qildi
Marhum jurnalist Ramina Yagafarovaning singlisi Diana Irtuganova prezident Shavkat Mirziyoyev va uning yordamchisi Saida Mirziyoyevaga murojaat qildi.

Irtuganova prezident va prezident yordamchisidan opasining oʻlimi boʻyicha tergovga aralashishlarini soʻragan.

Uning aytishicha, jinoyat ishi qoʻzgʻatilganiga qaramay, tergov choʻzilib ketmoqda va oʻtkazilgan ekspertizalar “Doktor Servis” klinikasi shifokorlarining aybi borligini tasdiqladi. U klinika egasi sobiq futbolchi Server Jeparov ekanini va u oʻz aloqalaridan foydalanib tergovga ta'sir oʻtkazishi mumkinligini ta'kidladi.

Irtuganova qonunlar nima uchun oddiy fuqarolarni himoya qilmayotganidan hayratda ekanini bildirdi va aybdorlarni javobgarlikka tortishda yordam soʻradi.

2023 yilning 13 sentyabr kuni “Dunyo boʻylab” telekanalining 31 yoshli boshlovchisi Ramina Yagafarova vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Keyinroq marhumaning singlisi hodisa haqida aytib bergandi.

Ramina Yagafarova
Foto: “VKontakte”

Uning bildirishicha, Ramina Yagafarova 12 sentyabr kuni tunda Chilonzor tumanidagi xususiy klinikalardan birida davolanayotgan onasini koʻrish uchun borgan.

"Kechki payt u haqiqatan ham “Levofloksatsin” (antibiotik) dorisidan ichgan. Shundan soʻng u oʻzini yomon his qilgan. 15-20 minutdan soʻng shifokorlar unga yordam berdi. U oʻziga keldi. Shifokorlar yurak urishi, qon bosimi normada ekanini aytdi", deydi singlisi.

Marhuma dori qabul qilganidan soʻng unda tutqanoq kuzatilgani haqida aytilgan. Biroq singlisi buni inkor etdi. Shuningdek, opasi ushbu dorini ilk marta ichmaganini, avval ham ichganini, hatto oʻzi ham u bilan birga ichganini ta'kidladi va vafotiga antibiotik sabab emasligini aytmoqda.

“Daryo” muxbiri yigʻgan ma'lumotga koʻra, “Levofloksatsin” (antibiotik) dorisi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi davlat muassasasi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat