2025 yil 3 yanvar kuni tonggi 4:00 larga yaqin Nukus shahrida Danalar koʻchasida yashovchi fuqarolar qoʻshnilari pichoqlab ketilgani haqida IIBga xabar bergan. Voqea joyiga tezkor-tergov guruhi, prokuratura va IIV xodimlari etib borgan.
Tezkor surishtiruv ishlari davomida 2005 yil Toshkent shahrida tugʻilgan, FVV maxsus muhandislik qurilish boshqarmasi oddiy askari Garanin Maksim mast holatda xizmat oʻtayotgan joyidagi Nazorat oʻtish joyida xizmat oʻtayotgan oddiy askar F.N.ni urib, koʻchaga chiqib ketgani aniqlangan.
Shundan soʻng u Nukus shahri Danalar koʻchasidagi xonadonlardan biriga kirib, oshxonadan pichoq va chopqini olgan. Ushbu xonadonda yashovchi, farzandi bilan uxlab yotgan ayolga tegajogʻlik qilmoqchi boʻlgan. Ayol uygʻonib ketib baqirgach, uning turmush oʻrtogʻi ham uygʻongan. Mast askar shu vaqtda qoʻlidagi pichoq bilan unga tashlanib, tan jarohati etkazgan. 28 yoshli Z.Q. olgan tan jarohatlari tufayli kasalxonada vafot etgan.
Shundan soʻng FVV askari ushbu xonadondagi 64 va 37 yoshli ota-oʻgʻilga ham chopqi bilan hujum qilib, turli darajadagi jarohatlar etkazgan.
Bundan tashqari, askar Nukus shahri Aybuyir koʻchasida yashovchi 68 va 43 yoshli ota-oʻgʻilga ham tan jarohati etkazgan.
Voqea joyidan 1 dona tigʻ sohasi uzunligi 20 sm, eni 8 sm boʻlgan chopqi dalil tariqasida olingan. Gumon qilinuvchi qoʻlga olingan.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Kun.uzʼga ma'lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam oʻldirish) 1-qismi va 25, 97-moddasi (qasddan odam oʻldirishga suiqasd qilish) 2-qismi «a, l» bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
“Jabrlanuvchilarning 1 nafari vafot etgan, 4 nafariga shifoxonada zarur tibbiy yordam koʻrsatilmoqda. Nukus harbiy prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda” – deyiladi ma'lumotnomada. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ajoyib hiyla: “Barselona” katta ishni hal qildi
Jo Bayden Isroilga 8 milliard dollarlik qurol sotish niyatida ekani aytilmoqda
Oʻzbekistonliklar eng koʻp qaysi mamlakat choyini ichishadi?
Kiyevda BMT rossiyaliklar qiynoqqa solingani haqidagi soʻzlar uchun tanqid qilindi
Tadqiqot: kuniga 9 soatdan koʻp uxlash insultga sabab boʻlishi mumkin
Xitoyning birinchi uchuvchi elektrokari namoyish etildi
Makron: “AQSh Rossiyani Ukraina boʻyicha muzokaralar oʻtkazishga koʻndirishi kerak”
Abduqodir Husanov yana diskvalifikatsiya qilindi...