06:26 / 08.01.2025
152

Transport vazirligi: naqd pulda toʻlov qilgan yoʻlovchilar jarimaga tortilishi toʻgʻrisidagi ma'lumotlar asossiz

Transport vazirligi: naqd pulda toʻlov qilgan yoʻlovchilar jarimaga tortilishi toʻgʻrisidagi ma'lumotlar asossiz
Toshkentdagi avtobuslarda 2025 yil 1 yanvardan boshlab naqd pul qabul qilish toʻxtatilgandi. Keyinroq Transport nazorati inspektsiyasi Toshkent shahar hududiy boʻlimi inspektori Salimjon Nishonboyev OʻzAga Toshkentdagi avtobuslarda yoʻl haqini naqd koʻrinishida berganlar jarimaga tortilishini aytgandi.

Agar yoʻlovchi yoʻl haqini naqd koʻrinishda qabul qiladigan boʻlsa, haydovchi qabul qilmasligi kerak. Vaziyat Transport inspektsiyasining hududiy inspektorlari tomonidan nazorat qilinadi. Birinchi safar ogohlantirish beriladi. Ogohlantirishga qaramasdan huquqbuzarlik takrorlanadigan boʻlsa, oʻrnatilgan tartibda haydovchiga ham yoʻlovchiga ham ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirishga toʻgʻri keladi”, degan edi Salimjon Nishonboyev.

Transport vazirligining munosabatida qayd etilishicha, tarmoqlarda Toshkent shahar avtobus yoʻnalishlarida naqd pulda toʻlov qilgan yoʻlovchilar jarimaga tortilishi toʻgʻrisida asossiz ma'lumotlar joylanmoqda.

Vazirlik Ma'muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 144-moddasini keltirdi. Unga koʻra, yoʻlovchining trolleybusda, tramvayda, shahar ichida va shahar atrofiga qatnaydigan avtobusda chiptasiz yurishi — BHMning oʻndan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻlishi belgilangan.

Oʻzbekistonda avtobuslarda yoʻl haqi uchun naqd puldan voz kechib, toʻliq elektron toʻlov tizimiga oʻtilishi haqida transport vaziri Ilhom Mahkamov oktyabr oyida jurnalistlar bilan suhbatda ma'lum qilgandi.

Bekatlarga naqd pulga bilet yoki QR kod sotib olish imkoniyati yaratiladi. Aksariyat bekatlarga infokiosklar oʻrnatiladi. Hozir bu tajriba Toshkent shahrida sinovdan oʻtkazilyapti. Barcha avtobuslarga shu QR kodlarni oʻqiy oladigan devayslar oʻrnatiladi. Ular oʻrnatilgach, tabiiyki konduktorlar ishlamaydi. Sababi naqd pulni yigʻish ehtiyoji qolmaydi”, degan edi vazir.

2025 yil 1 yanvardan poytaxt jamoat transporti yoʻnalishlarida (avtobus va metropoliten) bir yoʻlovchi qatnovi uchun cheklangan tarif — 3 000 soʻm etib belgilandi. Bunda toʻlov elektron toʻlov tizimi (transport yoki bank kartasi) orqali amalga oshirilganda hozirgidek oʻzgarishsiz qoladi — 1 700 soʻm.

Naqd pul orqali avtobuslarda harakatlanish uchun Toshkent shahridagi bekatlarda va ular yaqinida oʻrnatilgan barcha toʻlov qurilmalari, ya'ni Paynet, MultiPay va Oson infokioskalari orqali bir martalik chipta xarid qilish kerak boʻladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat