date
views 1 118

Samarqandda temiryoʻlga beton boʻlagi qoʻyib ketildi

Samarqandda temiryoʻlga beton boʻlagi qoʻyib ketildi
Foto: Kun.uz
Samarqand viloyatining Paxtachi tumani hududida temiryoʻl ustiga beton boʻlagi qoʻyib ketildi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar qildi.

Manbaning ma'lum qilishicha, voqea kechda sodir boʻlgan. Noma'lum shaxs temiryoʻl chetida masofa yozilgan belgi ostidagi beton boʻlakni kovlab olgan. Soʻngra uni temiryoʻl ustiga qoʻyib ketgan.

Buxoroga ketayotgan “Afrosiyob” tezyurar poyezdi beton boʻlagiga katta tezlikda kelib urilgan va ma'lum muddat toʻxtab qolgan. Soʻngra yoʻlida davom etgan poyezd manzilga 1 soat 24 minut kechikib borgan.

Poyezdda 133 nafar yoʻlovchi boʻlgan. Ularga tan jarohati etmagan.

Hozircha holat qachon boʻlgani, beton boʻlagini temiryoʻlga kim va nima maqsadda qoʻyib ketgani, shuningdek, “Afrosiyob” poyezdiga etkazilgan zarar miqdori ma'lum emas.

Kun.uz holatga oydinlik kiritish maqsadida “Oʻzbekiston temiryoʻllari” AJ matbuot kotibi bilan bogʻlandi. Jamiyat matbuot kotibi tahririyatga ma'lumot taqdim qilmadi. Shuning barobarida holat sodir boʻlganligini inkor ham etmadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda temiryoʻlga beton boʻlagi qoʻyib ketildi