Foto: Bolalar ombudsmani
Ijtimoiy tarmoqlarda bolalar bog‘chasida zaharli ilonlar bilan tomosha qo‘yilgani aks etgan videolavha tarqaldi. Bolalar ombudsmani holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalanuvchilarga O‘rta Osiyo kobralari bilan tomosha uyushtirilgan. Bunda bog‘cha ma’muriyati tomonidan bolalarning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfsizlik choralari ta’minlanmagan.
“Hozirda ichki ishlar organlari tomonidan mazkur holat qachon va qayerda sodir bo‘lganini aniqlash choralari ko‘rilmoqda, vaziyatga huquqiy baho berish masalasi hal etiladi”, deyiladi Bolalar ombudsmani munosabatida.
Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilishi bildirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar