Toshkent shahridagi advokatlik firmasi advokati 1999 yilda tugʻilgan shaxsga nisbatan 2024 yilda jinoyat ishlari boʻyicha Yashnobod tuman sudining hukmi bilan tayinlangan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi boʻyicha hozirda shahar sudining kassatsiya instantsiyasida koʻrilayotgan shikoyatni mansabdor tanishlari orqali ijobiy hal qilib berishni va'da qilgan.
Xususan, u tayinlangan jazoni 4 yil muddatga kamaytirib berish evaziga, har bir yil uchun 5 ming AQSh dollaridan, jami 20 ming AQSh dollari olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur ishga aloqador boʻlgan, Toshkent shahridagi banklardan birining yuristi ham advokatdan 15 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, bank yuristi prokuratura organlaridagi qarindoshi orqali yordam bermoqchi boʻlganligi aniqlanib, hozirda bu borada tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Holat yuzasidan advokat hamda yuristga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 168 moddasining 4-qismi «a» bandi va 28, 211-moddasining 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar