Toshkent cityʼda joylashgan 9 qavatli uyda yongʻin sodir boʻldi

Toshkent cityʼda joylashgan 9 qavatli uyda yongʻin sodir boʻldi
Shayxontohur tumani Toshkent city hududidagi koʻp qavatli uyda yongʻin sodir boʻldi. Poytaxt FVB hodisa tafsilotlarini e'lon qildi.

23 yanvar kuni soat 19:49 da Toshkent shahar Shayxontohur tumani, Botir Zokirov koʻchasi hududida Toshkent city joylashgan, 9 qavatli uyning tom qismi yonayotganligi toʻgʻrisida, Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
https://cdn.zmn.uz/video/9111s/2025/01/23/5610fc54d10f9802e2e84c4cfa10fa9a.mp4
Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv texnikalari etilgan manzilga soat 19:53 da etib borib, yongʻin qurshab olindi, soat 20:05 oʻchirilgan.

Yongʻin oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻq. Hozirda yongʻin sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar