Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan "Qarshi shahridagi 23-umumiy oʻrta ta'lim maktab direktori F. Sh. tomonidan oʻquvchilarni formasi uchun pul yigʻimi tashkil etmoqdami? Forma majburiymi? mazmunidagi murojaat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.
Mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining ma'lum qilishicha, maktab direktori F.Sh. haqiqatdan maktab oʻqituvchilariga 2025 yilning 21 yanvar kuni maktabning telegram guruhiga vediomurojaat qilib, barcha oʻquvchilarga “jaket” olinishi maqsadida koʻrsatma bergani aniqlangan.
Natijada maktab direktori F.Sh. ga nisbatan oʻrtacha oylik ish haqining yigirma besh (25%) foiz miqdorida “Jarima” intizomiy jazo chorasi qoʻllanilgan.
Shuningdek, maktab jamoasiga kelgusida ushbu holatlarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha tushuntirish berilib, maktab sinf rahbarlaridan tushuntirish xatlari olingan.
Ma'lumot uchun: Ta'lim tashkilotida majburiy tartibda oʻquvchilarni forma kiyishiga doir pul mablagʻlarini yigʻish, tashkil etish, qat'iyan taqiqlanadi.
Rasmiy bayonotda bu kabi salbiy holatlarini Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi keskin qoralashi ma'lum qilingan.
Manba: Darakchi.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar