2024 yilda Oʻzbekiston yoʻllarida 2200 dan ortiq inson YTHlar oqibatida hayotdan koʻz yumdi. Mast holda mashina boshqargani uchun jazolangan 8 ming haydovchi takroran qoidabuzarlik sodir etgan.
Senat tasdiqlagan qonun bilan mast holda avtomobilni boshqarganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etildi:
Birinchi marta qoidabuzarlik uchun jarima BHMning 25 barobaridan 40 barobarigacha oshiriladi (9,37 mln soʻmdan 15 mln soʻmgacha).
Takroran qoidabuzarlik holatida 3 yilgacha haydovchilik huquqidan mahrum qilish, 2–3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.
Qonunga muvofiq, transportda «agressiv boshqarish», «drift» va «shaxmat» shaklida harakatlanish kabi qoidabuzarliklar uchun ham javobgarlik belgilandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar