![Yangihayot tumanida mast haydovchi tufayli 5 ta avtomobil toʻqnashdi](/uploads/posts/2025-02/14924ff9ae_524bd5406c703e610e8663d2aa1df284a0d1e04c251304f158cb1caa31d50feb.webp)
Joriy yilning 8 fevral kuni soat 15:30 larda Yangihayot tumani, Yangi Sergeli koʻchasi Index bozor hududida yoʻl-transport hodisasi yuz berdi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga koʻra, 2002 yilda tugʻilgan B.X. boshqaruvidagi Lacetti, 1984 yilda tugʻilgan S.M. boshqaruvidagi Lacetti, 1998 yilda tugʻilgan B.Q. boshqaruvidagi BYD, 2001 yilda tugʻilgan A.E. boshqaruvidagi Spark va 1998 yilda tugʻilgan I.M. boshqaruvidagi BYD oʻzaro toʻqnashuvi natijasida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.
Lacetti, haydovchisi 2002 yilda tugʻilgan B.X. mast holatda rul boshqaruvini yoʻqotib YTH sodir etgan.
YTH natijasida Spark rusumli avtomashina haydovchisi, 2001 yilda tugʻilgan A.E. va yoʻlovchisi, 2000 yilda tugʻilgan F.U.ga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas'ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar