19:21 / 11.02.2025
701

Shovot tumani profilaktika inspektori eri Rossiyada boʻlgan ayolning uyida ushlandi

Shovot tumani profilaktika inspektori eri Rossiyada boʻlgan ayolning uyida ushlandi
Foto: Videodan kadr
Xorazm viloyati Shovot tumanidagi Idaliqal'a mahallasi profilaktika inspektori oʻzi xizmat olib boradigan hududda yashovchi begona ayol bilan “qoʻlga tushdi”. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.

Ma'lum boʻlishicha, profilaktika inspektori (xodimning ismi tahririyatga ma'lum) ushbu mahallada yashovchi, ishlab pul topish uchun Rossiyaga ketgan erkakning turmush oʻrtogʻi bilan uning xonadonida “don olishib” yurgan. U joriy yil 31 yanvar kuni yarim tunda navbatdagi “tashrifi” chogʻida erning yaqin qarindoshlari tomonidan ushlab olingan.

Kun.uz’ga kelib tushgan videolavhada koʻrinishicha, profilaktika inspektori yuzini yashirgan holda xonadondan chiqib ketishga uringan. Ammo erkakning ukasi tomonidan toʻxtatib qolingan.

“Men sening ortingdan uzoq kuzatdim. Bir kelib ketding, indamadim, ikki kelib ketding, ichimga yutdim. Buning eri 1 soʻm topsa, 2 soʻm qilib yuboray deya Rossiyada ishlab yuribdi. Sening oʻz oilang yoʻqmi? Nima qilganing bu?” degan ayolning qaynukasi xodimga qarab.

Voqea joyiga boshqa yoshi katta qarindoshlar, tuman IIB mas'ullari chaqirilgan. Chaqiruv boʻyicha kelgan IIB mas'ullari holatga oydinlik kiritish maqsadida profilaktika inspektori hamda guvohlarni IIB binosiga olib ketgan.

Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shoxruh Gʻiyosov ushbu holat boʻlganini tasdiqladi. Uning bildirishicha, hozirda xizmat tekshiruvi oʻtkazilyapti hamda profilaktika inspektorini ichki ishlar organi xodimi sha'niga putur etkazuvchi harakatlari uchun IIO safidan boʻshatish masalasi koʻrib chiqilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat