Yoʻl harakati qoidalarida ayrim holatlar uchun jinoiy javobgarlik belgilandi

Yoʻl harakati qoidalarida ayrim holatlar uchun jinoiy javobgarlik belgilandi
“Yoʻl harakati xavfsizligi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslarga hamda Ma'muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qonun qabul qilindi.

Jinoyat kodeksiga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, quyidagilar uchun jinoiy javobgarlik belgilandi:

?Avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini yoki identifikatsiya raqamlarini qonunga xilof ravishda tayyorlaganlik, oʻtkazganlik yoki ulardan foydalanganlik, shuningdek ularni qalbakilashtirganlik uchun;
?Avtomototransport vositalari, shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini va traktorchi-mashinistlarni tayyorlash hamda qayta tayyorlash, shuningdek imtihonlar oʻtkazish va guvohnomalar berish tartibini buzganlik uchun;
?Transport vositasini mastlik holatida boshqarganlik yoki tekshiruvdan oʻtishdan boʻyin tovlaganlik uchun;
?Transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxsning transport vositasini boshqarganlik uchun;
?Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilgʻi aralashmasida ishlaydigan transport vositalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalarini buzganlik uchun.

Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar