
Foto: Telegram / Bekzod Hidoyatov
Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif 25 fevral kuni rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi.
Uni Toshkent xalqaro aeroportida bosh vazir Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi. Qisqa suhbatdan soʻng, Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif Abdulla Aripov hamrohligida «Yangi Oʻzbekiston» bogʻiga bordi va Mustaqillik monumenti poyiga gul qoʻydi.
Mehmonga majmuaning me'moriy echimlari hamda kompozitsiyasining mazmun-mohiyati va xususiyatlari haqida atroflicha ma'lumot berildi. Majmua Pokiston delegatsiyasida chuqur taassurot qoldirdi.
Tashrifdan maqsad nima?
Shahboz Sharif prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan tashrif buyurdi. Boʻlajak oliy darajadagi muzokaralar kun tartibidan Oʻzbekiston—Pokiston strategik sheriklik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish va kengaytirish masalalari oʻrin olgan.
Oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, transport bogʻliqligini kuchaytirish va tranzit salohiyatini roʻyobga chiqarish, yengil va charm sanoati, qishloq xoʻjaligi, farmatsevtika, elektrotexnika va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini ilgari surish borasidagi qoʻshma rejalar diqqat markazida boʻladi. Madaniy-gumanitar va turizm aloqalarini faollashtirish masalalari ham koʻrib chiqiladi. Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashiladi.
Sammit yakunida qoʻshma deklaratsiya va qator ikki tomonlama hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida etakchilar Oʻzbekiston—Pokiston qoʻshma biznes forumida ham ishtirok etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar