18:31 / 28.02.2025
154

O‘zbekistondagi 1700 dan ortiq masjidda xatmi Qur’on o‘qiladi

O‘zbekistondagi 1700 dan ortiq masjidda xatmi Qur’on o‘qiladi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi taqdim etgan axborotga asoslanib, 2025 yil O‘zbekistonda muborak Ramazon oyining boshlanishi 1 mart kuniga to‘g‘ri kelishi ma’lum qilingan edi.

Shu munosabat bilan 28 fevraldan O‘zbekistondagi 2100 dan ortiq masjidda tarovih namozi, ularning 1740 dan ortig‘ida esa Qur’oni Karim to‘liq xatm qilish boshlanmoqda.

Musulmonlar idorasining ma’lum qilishicha, buning uchun mazkur masjidlarga 3,5 mingga yaqin qorilar jalb etilgan. Tarovih namozi bugun 20:30 dan Toshkent shahridagi 126 ta masjidda ham boshlanadi.

Shu bilan birga, Toshkent shahar IIBB poytaxtda 28 fevraldan boshlab tarovih namozi o‘qiladigan vaqtda — soat 18:00 dan 24:00 ga qadar ayrim masjidlar yaqinidagi yo‘llar yopilishini ma’lum qilgandi.

Avvalroq idora hududlarda tarovih namozining boshlanish vaqtlarini e’lon qilgan edi. Unga ko‘ra:

- Farg‘onada – 20:20
- Namanganda – 20:20
- Andijonda – 20:20
- Toshkent viloyatida – 20:30
- Toshkent shahrida – 20:30
- Sirdaryoda – 20:30
- Jizzaxda – 20:30
- Samarqandda – 20:30
- Qashqadaryoda – 20:40
- Surxondaryoda – 20:40
- Navoiyda – 20:40
- Buxoroda – 20:40
- Xorazmda – 21:00
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 21:10 da, xufton namozidan so‘ng tarovih namozi boshlanadi.

Shuningdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi 2025 yilgi Ramazon taqvimini ham e’lon qildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat