
Har bir bola uchun eng ulug‘ makon – uning oilasidir.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan 5 yoshli qizaloqni onasi D.Nusratovaning tarbiyasiga olib berish belgilangan.
Byuroning Qarshi shahar bo‘limi tomonidan ijro harakatlariga kirishilib, qarzdor ijro hujjati ijrosini ixtiyoriy bajarishi yuzasidan ogohlantirilgan bo‘lsa-da, qizaloq onasiga qaytarilmagan. Shu sababli, joriy yilning 13 yanvar kuni qarzdorga nisbatan ma’muriy jarima qo‘llanilgan.
Joriy yilnning 24 fevral kuni ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida majburiy ijro harakatlari tayinlandi.
Ijro harakatlari jarayonida qonun ustuvorligi ta’minlanib, qizaloq onasiga qaytarildi. Ammo bu jarayon nafaqat huquqiy hujjatlar ijrosi, balki oilaning qayta tiklanishi, muhabbat va mehr g‘alabasi bilan yakunlandi.
Byuro xodimlari oilaning farzand hayoti va kelajagi uchun naqadar ahamiyatli ekanligi, har bir oilada turli sinovlar, tushunmovchiliklar bo‘lishi, ammo muhabbat va kechirimlilik ularni yengishning eng to‘g‘ri yo‘li ekanligi yuzasidan tushuntirishlari orqali bir oilaning taqdiri ijobiy yakun topdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar