21:08 / 10.11.2016
11 448

Gaz xodimining uyingizda tekshiruv o‘tkazishga haqqi bormi?

Gaz xodimining uyingizda tekshiruv o‘tkazishga haqqi bormi?

Eshik taqillab, gaz xodimi sizni bezovta qildi deylik. U sizdan uyingizdagi gaz jixozlarini, havfsizlikni tekshirib ko‘rishini aytsa unga ruxsat berasizmi? Avvalam bor bunga xodimning (kontrolyor) haqqi bormi?

Ha, albatta, u bunga majbur ham. Ayniqsa qish oldidan mahalla tuman gaz xodimlari uyingizdagi gaz sharoitini bir oyda bir marotaba tekshirib ko‘rishga haqlidirlar.

Bu haqda «Uztransgaz» aksiyadorlik jamiyati tomonidan «Turmushda gazdan xavfsiz foydalanish» mavzusidagi seminarda aytib o‘tildi. Shuningdek, Respublika doirasida o‘tkazilgan seminarda is gazidan foydalanish bo‘yicha xavfsizlik masalalari, viloyat tumanlarda gaz muammolari bo‘yicha ma’ruzalar tinglanib, yig‘ilganlar o‘rtasida savol-javoblar o‘tkazildi.

Qish faslida tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyoj xar qachongidan yuqori bo‘lgani uchun, gazdan havfsiz va oqilona foydalanishga da’vat etildi.

Manba: Diydoraziz.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Gaz xodimining uyingizda tekshiruv o‘tkazishga haqqi bormi?